Shanba, 22 Sentyabr 2018

JCh-2018 musobaqasi UZREPORT TVda jonli uzatiladi

Ma‘lumki, joriy yil iyun oyida Rossiyaning 12ta stadionida futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati uchrashuvlari o‘tkaziladi.  UZREPORT Axborot Agentligi (UZREPORT TV, FUTBOL TV)  millionlab futbol muxlislariga Jahon chempionati-2018 uchrashuvlarini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyasiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal saytida ma‘lum qilindi.

Telekanal o‘yinlardan tashqari o‘ziga xos Jahon chempionati kundaligi — “Highlights” (JCh-2018da bo‘lib o‘tgan o‘yinlardagi eng qiziqarli va hayajonli vaziyatlarni qayta tomosha qilish, terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari haqida ma‘lumotlarni, shuningdek, rekord va qiziqarli faktlar)ni ham efirga uzatib borishni rejalashtirgan.