Juma, 14 Dekabr 2018

O‘zbekiston termasi Urugvay jamoasi bilan o‘ynaydi

O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun kuchli va nomdor jamoalar bilan kelishuvga erishda davom etmoqda. Avval xabar berganimizdek, terma jamoamiz shu yilning 23 mart kuni Senegal, 27 mart kuni Marokash va 15 may kuni Eron terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazadi.

Endilikda bu jamolar safiga yana bir kuchli jamoa qo‘shildi. Terma jamoamiz shu yilning 7 iyun kuni JCh-2018 ning yana bir ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishuv imzoladi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 20:00da, Urugvay poytaxti Montevideo shahridagi  “Centenario” o‘yingohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma‘lumot uchun mazkur terma jamoalarning barchasi  JCh-2018 ishtirokchilari hisoblanadi.