Chorshanba, 19 Sentyabr 2018

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining a‘zolari safi kengaydi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 6 martdagi qarori asosida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining yangi haqiqiy a‘zolari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan grafik rassom Anvar Mamajonov, rangtasvirchi rassomlar – Sarsenboy Boybo‘sinov, G‘ofur Qodirov, Asliddin Isaev, Fayzullaxon Ahmadaliev, Baxtiyor Nazarov, Ivan Salpinkidi, shuningdek, san‘atshunoslik fanlari doktori, professor Nigora Ahmedova, haykaltarosh Marina Borodina, arxitektor-naqqosh Anvar Ilhomov, usta-rassom Sirojiddin Rahmatillaev, ganchkor usta Mansurjon Murodov o‘rin oldi.

Ayni vaqtga qadar akademiya tarkibida 27 nafar akademik bor edi. Endilikda ular safiga yuqoridagi ijodkorlar ham qo‘shildi.

Badiiy yo‘nalishda ijod qilib o‘z maktabi, yo‘nalishini yaratgan, sohasiga yangiliklar kiritgan, shogirdlar tarbiyalagan o‘n ikki yangi a‘zo endilikda akademiya ishida bevosita faol ishtirok etadi.