Juma, 14 Dekabr 2018

“Food Expo Greece – 2018”: O‘zbekiston vakillari ilk bor ishtirok etdi

Joriy yilning 10-12 mart kunlari Afinada oziq-ovqat va ichimliklar – “Food Expo Greece – 2018” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Beshinchi marta tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazmada o‘zbekistonlik ishbilarmonlar ilk bor ishtirok etdilar.

Xalqaro forumda o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning Gresiya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Pokiston, Polsha, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Xitoy kabi davlatlarning etakchi kompaniya vakillari bilan B2B doiradagi uchrashuvlari tashkil etildi. Muzokaralarda O‘zbekistonda etishtirilgan meva va sabzavotlar, oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan zamonaviy ixcham texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha qiymati 28 million dollarlik shartnomalar imzolashga erishildi.