Payshanba, 18 Yanvar 2018

“Halol” standarti qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida “O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Halol” standarti qabul qilindi.

“Halol” belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Evropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Halol turizm industriyasi jadal sur‘atlarda rivojlanayotgan soha bo‘lib, bu bozorning yillik hajmi 126 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda va 2020 yilga borib kamida uch barobar ortishi kutilmoqda.