Payshanba, 18 Aprel 2019

Turkmaniston: ayollarga mashina haydash taqiqlandi

Turkmaniston hukumati ayollarga mashina haydashni taqiqlab qo‘ydi. 2017 yil dekabrida avtoinspeksiya xodimlari ayol haydovchilarni bu qoidani buzganlari uchun jarimaga tortilishlaridan ogohlantira boshlashgan.

“Dastlab men bu xabarni hazil deb qabul qildim, biroq keyin bunga shaxsan to‘qnash keldim. Hozir ayollar mashina haydashdan qo‘rmoqdalar, shu sababli ko‘pchilik ayollarni ishga erlari olib borib qo‘ymoqdalar”, deb aytdi ashxobodlik bir ayol.

Yo‘l inspeksiyasidagi manbalaridan birining ma‘lum qilishicha, 5 dekabrda mamlakat ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikov mamlakat rahbariga statistika bo‘yicha yo‘l-transport hodisalarining aksariyati ayol haydovchilar aybi yoki ular ishtirokida yuz berishini ma‘lum qilgan. Shundan keyin prezident vazirga “vaziyatni to‘g‘rilash”ga ko‘rsatma bergan.