Juma, 14 Dekabr 2018

Taekvondochilarimiz xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildilar

Gollandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida “45th Dutch Open Taekwondo Championships-G1” xalqaro turniri o‘tkazildi.

Turnirda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi a‘zolari yakunda 3ta oltin, 4ta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Madina Mannopova, Jasur Jaysunov, Ulug‘bek Rashidov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Ozoda Sobirjonova, Begzod Ibrohimov hamda Shahzod Jo‘raev kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Kattalar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan taekvondochilar — Dmitriy Shokin — kumush, Bahrom Abdullaev bronza medal bilan taqdirlandi.