Juma, 14 Dekabr 2018

Shokoladli kapkeyklar

Xamir uchun: sariyog‘ — 200 g, shakar — 150 g, qora shokolad — 100 g, tuxum — 2 dona, kefir — 100 ml, xamirni ko‘pchituvchi modda  — 1 choy qoshiq, un — 250 g.

Krem uchun: sariyog‘ — 200 g, qand upasi — 200 g, vanil upasi — 1/3 choy qoshiq.

Yumshatilgan sariyog‘ shakar bilan aralashtiriladi. Tuxum, so‘ng eritilgan shokolad qo‘shiladi. Kefir qo‘shib, ko‘pirtiriladi.

Aralashmaga xamirni ko‘pchituvchi modda qo‘shilgan un solinadi.

Xamir qolipchalarga solinadi. 180 darajali gaz pechida 20 daqiqa pishiriladi va sovitiladi.

Krem uchun sariyog‘ qand upasi bilan qo‘shib ko‘pirtiriladi. So‘ng vanil upasi, 80 ml suv oz-ozdan qo‘shilib, yaxshilab ko‘pirtiriladi. Krem kapkeyklar ustiga surilib, xohishga ko‘ra bezatiladi