Seshanba, 19 Iyun 2018

Rayhondan yangi klip — “Tomchi”

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon yangi g‘oyalar, qo‘shiqlar ustida ishlash bilan ovora. Xonanda fevral oyida bo‘ladigan yakkaxon konsertiga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xonanda ayni damda yangi klip ustida ham ish olib boryapti. Xonandaning yaqinda tinglovchilar e‘tiboriga havola etgan “Tomchi” taronasiga Sanjar Matkarimov rejissyorligida klip suratga olindi. Trek va syujet asosida suratga olingan ushbu klipda taniqli aktyor Alisher Uzoqov va aktrisa Muqaddas Sa‘dullaeva, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa‘dullaeva va debyutant aktyor Shahzod Sultonovlarni ham ko‘rishimiz mumkin.