Yakshanba, 21 Yanvar 2018

Pedagoglar 5 yilda bir marta malaka oshirishi shart

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-son qarori bilan “Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta‘lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi Huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.

Ushbu nizomga ko‘ra, pedagog kadrlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishi shart. Pedagog kadrlarning malakasi:

  • “ustoz–shogird” usuli bo‘yicha o‘qitish;
  • mustaqil o‘qib bilim orttirish;
  • masofaviy ta‘lim;

stajirovka shaklida tajriba oshirish kabi shakllarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Nizomga ko‘ra qayta tayyorlash natijasida berilgan hujjat (diplom) muayyan lavozimda faoliyat yuritish yoki muayyan fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish huquqini beradi.