Dushanba, 16 Iyul 2018

Qovoqli kurd

300-350 g qovoq, 1-2 osh qoshiq suv, 1ta apelsin, 150 ml meva sharbati (yoki suv), 2-3 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq kraxmal, 20 g sariyog‘

 Tayyorlanishi: Urug‘i va po‘sti tozalangan qovoq eti 20 daqiqa qasqonda bug‘lab pishiriladi. Sovugan qovoq eti suvdan olinadi va shakar solib, blenderda maydalanadi. 1ta apelsinning sharbati siqib olinadi, po‘sti esa mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Apelsin sharbati 150 ml ga etgunicha biron-bir meva sharbati (yoki suv) quyiladi.

Qovoq pyuresiga sharbat quyiladi, sharbatning ozginasini olib qolib, unda kraxmal eritiladi. Qovoqli pyure va sharbat 3-4 daqiqa o‘rtacha olovda qizdiriladi, unga kraxmal eritmasini solib, tez-tez aralashtirgan holda qizdirishda davom etiladi. Qaynab chiqqach, olovdan olinadi, sariyog‘ solinadi va yana blenderda ko‘pirtiriladi. Qirilgan apelsin po‘stini solib aralashtiriladi. Bir oz sovugach, bokallarga solib, muzlatgichga qo‘yiladi.