Seshanba, 11 Dekabr 2018

Olma sirkasining foydali xususiyatlari

Olma sirkasi maishiy hayotimizda keng ishlatiladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki u organizmni chiqindilar va kasalliklardan xalos qiladi.

Yallig‘langan tomoqni davolaydi

Olma sirkasi bakteriyalar va mikroblarga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Tomog‘ingiz kutilmaganda qichisha boshlaganda, iliq suvni to‘rt oshiq qoshiq olma sirkasi bilan aralashtiring. Hamma bakteriyalarni o‘ldirish uchun har soatda tomog‘ingizni shu aralashma bilan g‘arg‘ara qiling.

To‘shdagi achishishni yo‘qotadi

Ko‘pchilik ko‘krak sohasidagi achishishdan qutulish uchun antasid vositalar emas, olma sirkasidan foydalanadi. Ko‘pincha achishish kislota miqdori pastligi sababli yuzaga keladi. Tabiiy olma sirkasi bu etishmovchilikni to‘ldirib, taomni hazm qilishga yordam beradi. Buning uchun bir stakan suvga bir choy qoshiq olma sirkasini aralashtirib ichish kifoya.

Burunni tozalaydi

Olma sirkasi burundagi infeksiyalarni juda yaxshi davolaydi. Gap shundaki, unda V va E darmondorilari, shuningdek, kaliy va magniy bor. Bu mikroelementlarning hammasi burun bo‘shlig‘ini tozalab, allergiya xurujlarini tinchlantirishga yordam beradi. Burun bitganda 1 choy qoshiq sirkani bir stakan suvga aralashtirib iching. Bu eritmani burunga ham tomizishingiz mumkin.

Qazg‘oqdan qutqaradi

Olma sirkasining yuqori kislotaliligi bosh terisidagi pH muvozanatini me‘yorlashtirib, zamburug‘ va bakteriyalarning oldini olishga yordam beradi. Sirkani teng nisbatda suv bilan aralashtirib, suv purkagich idishga quying. Uni sochingizga purkab, boshingizni o‘rang va 15 daqiqa shu holatda qoldiring. Darvoqe, soch bundan yanada qalin ko‘rinadi.

Tunda tomir tortishishidan xalos qiladi

Agar sizda tomir tortishishi tez-tez kuzatilsa, demak, organizmga kaliy etishmaydi. 2 osh qoshiq sirkani bir choy qoshiq asal va bir stakan iliq suv bilan aralashtiring. Har kuni ertalab shu aralashmadan iching. Shunda uxlashingiz engillashadi.

Terini qichishishdan saqlaydi

Olma sirkasi — zamburug‘ga qarshi xususiyatga ega antiseptik. Qichishayotgan teriga malhamdek ta‘sir qiladi. Qichishishdan xalos bo‘lish uchun uni ma‘lum nuqtalarga qo‘llang.

Oyoq hididan xalos qiladi

Oyoqdagi yoqimsiz hidning asosiy sababi — bu ko‘p terlash. Terning hidi bo‘lmaydi, u — shunchaki teri orqali ajraladigan suv, yoqimsiz hid sababi esa — shunday sharoitda ko‘payadigan mikroblar. Olma sirkasi terining ishqor muvozanatini me‘yoriga keltirib, bakteriyalarni o‘ldiradi. Bu muammodan qutulish uchun uxlashdan oldin oyoqlaringizni sirkada ho‘llangan qog‘ozsochiqlar bilan arting.

Qorin dam bo‘lishidan saqlaydi

Bu ancha yoqimsiz va nozik mavzu, ammo unga befarq bo‘lib bo‘lmaydi. Har gal ovqatlanishdan oldin bir choy qoshiq sirkani suvga aralashtirib iching. Bunday usul oshqozon-ichak traktini “qayta ishga tushirish”ga yordam beradi.

Uydagi yoqimsiz hidni ketkizadi

Havoni xushbo‘ylantiruvchi vositalarni qimmat narxga sotib olishdan oldin sirka yoqimsiz hidlarni yaxshi ketkizishini eslang. Sirka va suvni teng nisbatda purkang — yoqimsiz hidlar sizni bezovta qilmaydi.

Zaharsiz yuvish vositasi

Faqat soda emas, balki sirka ham uy tozalash va yig‘ishtirishda yordam berishi mumkin. Suv bilan teng nisbatda aralashtirilgan sirka yog‘, dog‘ va kirni ketkizadi.

 Tozalangan quvurlar

Kir va yog‘ yig‘ilib qolgan quvurlarni tozalash uchun kuchli kimyoviy vositalarni sotib olish shart emas. Yarim piyola iste‘mol sodasini bir piyola olma sirkada “o‘ldiring”. Keyin quvurga quyib, yarim soat qoldiring.

Mog‘orni ketkizadi

Mog‘ordan qutulish uchun sirkani mog‘or bosgan yuzaga purkagich yordamida purkang yoki sirkada ho‘llangan latta bilan arting. Bir soatdan so‘ng suv bilan yuvib tashlang. Mog‘or bosishining oldini olish uchun muammoli joyga har hafta sirka purkab turing.

Kiyimni dazmolsiz dazmollashga imkon beradi

Sirka va suvni 1:3 nisbatda aralashtirib, suv purkagichga quying. Aralashmani ho‘l kiyimga purkab, quritib qo‘ying. Dazmolning keragi bo‘lmaydi.

Mebel dog‘ini ketkizadi

Tuz va sirkani aralashtirsangiz, mebel dog‘larini ketkizadigan ajoyib vosita hosil bo‘ladi.

SEVINCh tayyorladi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma‘lumotlar * bilan belgilangan