Seshanba, 19 Iyun 2018

Lazzatli go‘sht

1 kg lahim mol go‘shti, 4-5ta sarimsoq tishchasi, o‘simlik yog‘i, tuz ta‘bga ko‘ra

Tayyorlanishi: Lahim go‘sht bo‘laklarga bo‘linadi, yuviladi va quritiladi. Har bir bo‘lak go‘sht ikkala tarafidan “panjara shaklida” o‘tkir pichoq bilan tilib chiqiladi. Go‘shtga tuz sepiladi. Sarimsoqni mayda tishli qirg‘ichda qirib, go‘shtning ikkala tomoniga surtiladi.

Tovaga o‘simlik yog‘ini solib, go‘sht baland olovda 20 daqiqa davomida qovuriladi. Kamida 5 marta u yoq-bu yoqqa ag‘dariladi. Go‘shtning seli uning kuyib ketmasligi uchun etarli bo‘ladi, shuning uchun olovni pasaytirish va qopqoqni yopish shart emas. Tovada go‘sht seli qolmagan, go‘shtning usti esa ishtahaochar po‘stloq bilan qoplanganida pishgan bo‘ladi. Lazzatli go‘sht qaynatilgan yangi kartoshka, anor donalari, tuzlangan bodring, sarimsoq va oshko‘kilar bilan birga dasturxonga tortiladi.