Yakshanba, 21 Yanvar 2018

Ijara shartnomasini uzoqroq muddatga tuzish mumkinmi?

Men mas‘uliyati cheklangan jamiyatining rahbariman.  Davlat tashkilotini binosidan uchta xonani  ijaraga olib, undan ofis sifatida foydalanib kelamiz. Ijara shartnomasi har yili tuziladi, ya‘ni u bir yil muddatga tuziladi, xolos. Qonun bo‘yicha ijara shartnomasini uzoqroq muddatga tuzish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil  16 iyundagi 382-sonli qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining  2009 yil  8 apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandi o‘zgartirildi.

Unga ko‘ra, davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati besh yilni, kichik tadbirkorlik sub‘ektlari, shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa o‘n yilni tashkil etishligi belgilandi.

Demak, siz bundan keyin kichik tadbirkorlik sub‘ekti sifatida o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga ijara shartnomasi tuzishingiz mumkin.

Rukn bo‘yicha maslahatchi: 

Abdullojon TOLIBJONOV,

huquqshunos.