Chorshanba, 21 Fevral 2018

Gulsanam Mamazoitova yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova o‘zining “Esingdami?” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini radioto‘lqinlar orqali keng omma e‘tiboriga havola etdi. Mazkur qo‘shiq Nodir Azimov so‘zi, Iqbol Muhammad musiqasi asosida kuylandi. Taronaga Aziz Xolmurodov musiqiy bezak bergan. Xonanda kelgusida ushbu qo‘shig‘iga klip suratga oldirish niyatida.