Seshanba, 17 Iyul 2018

FIFA o‘zbekistonlik muxlislarga JCh-2018 chiptalarini taqdim etdi

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun shu yilning 14 iyun-15 iyul kunlari Rossiyada bo‘ladigan Jahon chempionati o‘yinlarini  bevosita stadionda kuzatish imkoniyatini beruvchi chiptalar taqdim etishga qaror qildi. Chiptalar soni cheklangan bo‘lib, u faqatgina eng faol futbol muxlislariga taqdim qilinadi.

Buning uchun esa muxlislardan Superliga bahslaridan o‘rin olgan uchrashuvlarga tashrif buyurib,  o‘zingizning sevimli jamoalarini qo‘llab quvatlashda faol bo‘lishi talab etiladi.

Eng faol muxlislarga Jahon chempionati chiptalari qay tartibda taqdim qilinishi haqida yaqin kunlarda ma‘lumot beriladi.