Juma, 14 Dekabr 2018

Evropa ligasi yarim finaliga qur‘a tashlandi

Bugun UEFAning Nondagi qarorgohida Evropa ligasi yarim finali uchun qur‘a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  Unda yarim finalga yo‘l olgan “Arsenal”, “Atletiko”, “Zalsburg” va “Marsel” klublari o‘z raqiblarini bilib olishdi.

Qur‘a natijalari quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

  • “Marsel” – “Zalsburg”
  • “Arsenal” – “Atletiko”

Ma‘lumot uchun, yarim finalning birinchi o‘yinlari 26 aprel, javob bahslari esa 3 may kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqa g‘olibi esa 16 may kuni Liondagi “Stad de Lion” stadionida o‘tkaziladigan final o‘yinida aniqlanadi.