Chorshanba, 17 Oktabr 2018

Bort kuzatuvchisiga hujum qilishdi

Xunan provinsiyasining Chansha shahridan CA1350 reysini amalga oshirgan samolyot soat 11:00 da Pekin xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerak edi. Biroq parvoz vaqtida yo‘lovchilardan biri bort kuzatuvchisiga tahdid qilib, uni garovga olgan. Samolyot ekipaji xavfsizlik nuqtai nazaridan favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga qaror qilgan. Samolyot Xenan provinsiyasidagi Chjenchjou xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Gumondor Xunan provinsiyasining 41 yoshli fuqarosi bo‘lib,  “dastlabki tergov ma‘lumotlariga ko‘ra, parvoz vaqtida ruhiy kasalligi xuruj qilgan. U siyohli ruchka bilan tahdid qilib, bort kuzatuvchini garovga olgan, natijada samolyotni favqulodda qo‘ndirishga to‘g‘ri kelgan”, — deyiladi polisiya bayonotida.

Havo kemasi qo‘nganidan so‘ng barcha yo‘lovchilar samolyot bortini muvaffaqiyatli tark etishgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari samolyot bortida qolgan gumonlanuvchini qo‘lga olishgan.

Voqea natijasida hech kim jabrlanmagan.