Juma, 20 Aprel 2018

Bokschilarimiz Fransiyada tengsiz bo‘lishdi

Fransiyada A toifasiga kiruvchi boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Turnirda dunyoning 24 davlatidan kelgan 150 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Unda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

E‘tiborlisi, musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik 8 nafar bokschining barchasi sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Yakunda 6ta oltin, 1ta kumush hamda 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan terma jamoamiz vakillari umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Bokschilarimiz Abdulxay Shoraxmatov (56 kg), Shukur Rahimov (60kg), Aliyor Noraliev (64kg), Fazliddin Meliboev (69 kg), Odiljon Aslonov (75kg), Sardor Yormuhammedov (91kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Madiyor Saidrahimov kumush, Ulug‘bek Mubinov esa bronza medal bilan taqdirlandi.