Chorshanba, 21 Avgust 2019

Avtomobil kondisioneri nega xavfli hisoblanadi?

Har qanday maishiy texnika undan noto‘g‘ri foydalanilganda zarar etkazadi. Kondisioner sog‘lig‘ingizga putur etkazmasligi uchun bir necha oddiy qoidalarga rioya qilish lozim. Ayniqsa, avtomobil kondisioneridan foydalanganda.

Tadqiqotlar tasdiqlashicha, kondisioner havoni sovitishni boshlaganda, issiq havoni chiqarib tashlash uchun butun issiqlikni plastikka beradi. Natijada havoda saratonni chaqiruvchi benzol paydo bo‘ladi. Buning oldini olish uchun esa oynalarni bir necha daqiqa ochiq holatga keltirish o‘ta ahamiyatlidir.

 Bilasizmi?

Birinchi kondisioner 1902 yilda kashf etilgan. Qizig‘i shundaki, u xonani sovitish uchun emas, bosmaxonaning nashr sifatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatayotgan nam havoni quritish uchun mo‘ljallangan edi.

 Afrikada kondisioner yo‘q

Dunyoning eng issiq mintaqasi Afrika kondisionerlar xaridi bo‘yicha orqada. Buni aksariyat aholi gavjum joylarda elektr tarmog‘i o‘tkazilmagani, tarmoq mavjud bo‘lgan joyda esa undan foydalanish juda qimmatga tushishi bilan izohlash mumkin. Kondisionerdan foydalanilgan 2 oy muddat uchun elektr tokiga sarflanadigan xarajat kondisioner narxi bilan barobar bo‘larkan.

 Foydalanishda nimalarga e‘tibor berish lozim?

  • Kondisionerdan chiqayotgan havo oqimi sizga qaratilmagan bo‘lishi lozim.
  • Tashqaridagi va ichkaridagi havo harorati orasidagi tafovut 5-7 darajadan oshmagani ma‘qul. Aks holda organizm moslashishga qiynaladi.

Tadqiqotlarga qaraganda, kondisioner havoni sovitishdan avval tarkibida benzol bo‘lgan issiq havoni chiqaradi. Qanchalik zararli havodan nafas olishga to‘g‘ri kelishini anglash qiyin emas. Bu ahvolda saraton kasalligini orttirib olish mumkin.

Oddiy va ishonchli tavsiyalarga rioya etish zarur:

  • Kondisionerni mashinani o‘t oldirish bilan bir vaqtda yoqmang.
  • Dastlab derazalarni bir necha daqiqaga ochib, so‘ngra kondisionerni yoqing.
  • Derazalarni qo‘shimcha bir necha daqiqaga ochiq holda qoldiring.

 Sog‘lig‘ingiz uchun xatarli!

Bu ishingiz bilan nafaqat o‘zingizni, balki yaqinlaringiz, do‘stlaringiz va begonalarning ham hayotini saqlab qolayotganingiz haqida o‘ylang.

Chunki soya-salqin joyda kun davomida yopiq oynalar bilan qoldirilgan avtomobilda 400-800 mg. miqdorida benzol to‘planadi. Agar u ochiq quyosh ostida, 16 darajadan yuqori harorat ostida qoldirilgan bo‘lsa, benzol ko‘rsatkichi yanada oshadi. Uning miqdori me‘yoriy ko‘rsatkichdan 40 barobar ziyoda, ya‘ni 2000-4000 mg.ga etadi.

Yopiq oynali mashinada ketayotgan odamlar ma‘lum bir miqdorda benzol yutib ketishadi. Benzol — buyrak, suyak va jigarga zarar keltiradigan zahar turi hisoblanadi. Eng yomoni organizmni bu zahardan tozalash judayam qiyin. Avtomobillar qo‘llanmasida kondisioner qo‘yilgandan so‘ng, oynalarni ikki daqiqa mobaynida ochib qo‘yish kerakligi eslatib o‘tilgan. Afsuski, nega bunday qilish lozimligi haqda yozilmagan. Shunda ham bu maslahatni faqatgina eng zo‘r avtomobillar qo‘llanmasida uchratish mumkin.

ShOHJAHON tayyorladi.