Payshanba, 18 Yanvar 2018

Askarlar teleko‘prik orqali muloqot qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Xorazm va Namangan viloyatlari hokimliklari hamkorligida Namangan va Xorazm viloyatlarida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan askarlar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida “Mening do‘stim – Vatan himoyachisi” deb nomlangan videomuloqot o‘tkazildi.

Videomuloqotda har ikki viloyatda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yigitlar ota-onalari, do‘stlariga o‘zi xizmat qilayotgan harbiy qism hayoti va u erda yaratilgan sharoitlar haqida gapirib berdi. Shuningdek, o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i, mahallasidagi so‘nggi yangiliklar, oila a‘zolari, do‘stlari va yaqinlarining hol-ahvoli haqida bilib oldi.

Tadbirda Xorazm va Namangan viloyatlaridagi harbiy qismlarda namunali xizmat qilayotgan askar o‘g‘lonlarning ota-onalari va do‘stlariga kelgan viloyatlar hokimliklarining tashakkurnomalari o‘qib eshittirildi.