Chorshanba, 20 Iyun 2018

Qarzdormi yo haqdor?

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Fayziobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi X.Jamolov elektr energiyasi ta‘minoti masalasida tuman IHHQ jamiyatiga murojaat qilgan. Ushbu murojaatni o‘rganish jarayonida iste‘molchi yashab kelayotgan xonadonda foydalanigan elektr energiyasini hisobga olib borish uchun induksion hisoblagich o‘rnatilgani, davlat va xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning muhrlari joyidaligi, hisoblagich ko‘rsatkichi esa 4808 kVt/s ekanligi aniqlandi. Xonadonda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish va foydalanish holatlari kuzatilmadi.

Tuman elektr ta‘minoti korxonasi mijozlar bo‘limida iste‘molchining shaxsiy varaqasi ko‘rilganda, xonadondagi hisoblagich ko‘rsatgichi bazaga noto‘g‘ri tushirilgani oqibatida qarzdorlik kelib chiqqani ma‘lum bo‘ldi. O‘rganish davomida iste‘molchi xonadonidagi hisoblagich ko‘rsatkichi va to‘lov qog‘ozlari asosida qayta hisob-kitob o‘tkazildi. Natijada iste‘molchi qarzdor emas, balki 4972 kVt/s ko‘rsatkichgacha haqdorligi ma‘lum bo‘ldi.

Ma‘rufjon MIRZAKARIMOV,

Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi.