Payshanba, 18 Aprel 2019

Ayollarga mo‘ljallangan taksilar

Ummon sultonligi yo‘llarida 1 martdan BAAdagi kabi ayol haydovchilar tomonidan boshqariladigan va faqat ayollar uchun mo‘ljallangan taksilar xizmat qila boshladi.

Ummondagi zarg‘aldoq-qora ko‘rinishdagi odatiy taksilardan “ayollar” taksilari pushti, havorang va oq ranglarda bo‘lishi bilan farq qiladi.

Ummon ayollari ushbu yangilikni mamnuniyat bilan qabul qildilar. “Bu yaxshi yangilik. Men taksi haydashga lisenziya olishga birinchilardan ariza topshiraman. Ayollar kirakashlik orqali pul topish imkoniga ega bo‘lishlari kerak”, deydi ishsizlikdan qiynalib yurgan Rahma al-Xolidiy. Yana bir ayolning aytishicha, haydovchilik guvohnomalari bo‘lmagan ayollar erkak haydovchilar bilan mashinada yurishdan xavfsirashgan.

Dubay Fors ko‘rfazi shaharlari orasida 2007 yilda ayollar uchun mo‘ljallangan taksilar paydo bo‘lgan ilk shahar hisoblanadi.