Dushanba, 21 May 2018

Ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi

Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol-Soniy erkaklar uchun majburiy harbiy xizmat muddatini 3 oydan bir yilgacha uzaytirish haqidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, ayollar ham harbiy bo‘la olishadi.

Yangi qonunga ko‘ra, 18 yoshdan katta ayollar ko‘ngilli tarzda armiyada xizmat qilish huquqini olishdi.

“Qatarning 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolari harbiy xizmatni o‘tashga majburlar. Vatanga xizmat ayollar uchun ko‘ngilli hisoblanadi”, deyilgan yangi qonunda.

Qonunda harbiy xizmatdan qochishga urinish uchun 3 yillik qamoq jazosi va 50 ming Qatar riali (15 ming dollar) miqdorida jarima ko‘zda tutilgan. Qatarlik erkaklar 18 yoshga to‘lganlaridan 2 oy o‘tib armiyaga borishlari shart.