Seshanba, 11 Dekabr 2018

Sochga sepiladigan lakda allergiyangiz bo‘lsa…

Savol: Odatda sochga sepiladigan lak ayrim hollarda allergiya beradi. Bu nima uchun yuz beradi? Shunday allergiyasi bor insonlar uchun boshqa tavsiyalar bormi?

Javob: — Sochga sepiladigan lak (stayling) asosan 95 foiz kimyoviy elementlardan iborat bo‘lib, u allergiyasi bor insonlarga o‘zidan chiqaradigan hididan allergiya beradi. Ildizga sepiladigan soch tolalariga singib qichishishi va mayda qizil nuqtachalar hamda soch sinib to‘kilishiga ham olib kelishi mumkin. Bu, albatta, lak haddan tashqari ko‘p ishlatilganda bo‘ladigan holat! Hozirgi kunda “Gippoallergennыy” ya‘ni, allergik reaksiyasi bor insonlarga reaksiya bermaydigan laklar, sochga surtiladigan vositalar ham bor. Men allergiyasi bor insonlarga shunday laklardan foydalanishlarini tavsiya etgan bo‘lardim. Har kuni muntazam lak ishlatadiganlarga ham gippoallergen laklarni ishlatishni tavsiya etaman.